AKFA Mongoliyaga eksportni yo‘lga qo‘ydi

photo
AKFA Group
2 aprel, 2024
AKFA Mongoliyaga eksportni yo‘lga qo‘ydi

AKFA kompaniyasining xorijiy hamkor davlatlari ro‘yxati yana bittaga ko‘paydi. Kompaniya mutaxassislarining savdoni rivojlantirish va eksportni o‘stirish yo‘lida olib borgan ishlari natijasida mahsulotlarimiz Mongoliya bozoriga kirib bordi.

AKFA BUILDING MATERIALS va “Gandeg” MCHJ o‘rtasida imzolangan shartnomaga muvofiq, alyumin va bimetal radiatorlarining ilk partiyasi hamkor davlatga jo‘natildi.


Yangiliklarga qaytish