Belarusga AKFA'ning alyumin profillari eksporti yo‘lga qo‘yildi

photo
AKFA Group
4 aprel, 2024
Belarusga AKFA'ning alyumin profillari eksporti yo‘lga qo‘yildi

AKFA yangi bozorlarga kirib borib, hamkorlari sonini tobora oshirayotganligi kompaniyamiz uchun quvonchlidir. AKFA'ning alyumin profillari Belerus kompaniyalarida katta qiziqish uyg‘otib, "B Level Grupp" kompaniyasi bilan Akfa Extrusions o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi. "B Level Grupp" AKFA'ning Belerusdagi ilk hamkori hisoblanadi. Umumiy qiymati 1 mln AQSH dollari bo‘lgan ushbu kelishuvga muvofiq, ushbu davlatga alyumin profillari yetkazib beriladi.

Bugungi kunda Minsk shahriga mahsulotning ilk partiyasi yetib bordi. Tomonlar o‘zaro manfaatli aloqalarni istiqbolli davom ettirish bo‘yicha samarali ish olib borishmoqda.


Yangiliklarga qaytish