Exelliq (Greiner) vakillari AKFA mas’ullari uchun seminar o‘tkazdi

photo
AKFA Group
5 iyun, 2024
Exelliq (Greiner) vakillari AKFA mas’ullari uchun seminar o‘tkazdi

PVX profillarini ishlab chiqarish AKFA Group faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Avstriyaning Exelliq holdingi (Greiner) esa dunyoda ekstruziya liniyalarini hamda qoliplarni loyihalashtirish, tayyorlash, o‘rnatish bo‘yicha yetakchi hisoblanadi.

Seminarda Exelliq vakillari PVX profillarining o‘tgan asrning 70 yillaridan hozirga qadar qanchalik takomillashganini ko‘rsatib, kelajakdagi loyihalari borasida ham ma’lumot berdilar. Hozirda jahonda bu yo‘nalishdagi ekstruziya liniyalari to‘liq avtomatlashtirilganligini bildirib, ular istalgan o‘lcham, qalinlik, uzunlik va og‘irlikdagi profillarni masofaviy boshqaruv orqali ishlab chiqarilayotganligini qayd etishdi.

Xalqaro mutaxassislar bugungi kunda 50 dan ortiq ekstruziya liniyalariga ega AKFA Plast korxonasining imkoniyat va salohiyati beqiyosligi, xususan, eksport borasida yangi bozorlarga kirib borish va hamkorlik aloqalarini kengaytirishda katta istiqbolga egaligini bildirishdi.

Seminarda AKFA Group mas’ullari PVX liniyalari va bu yo‘nalishda xalqaro savdoni rivojlantirish borasida foydali ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Bu kompaniyamizning yangi natijalarga erishishida ahamiyatli bo‘lishiga ishonamiz.


Yangiliklarga qaytish