31-may — AKFA kuni

photo
AKFA Group
31 may, 2024
31-may — AKFA kuni

AKFA Group guruhi 24 yillik faoliyati davomida O‘zbekistondagi eng yirik xususiy xolding kompaniyasiga aylandi. Bugungi kunda AKFA Group milliy iqtisodiyotning bir necha tarmoqlarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

AKFA Group mahsulotlari 30 dan ortiq mamlakatlarga, jumladan, AQSh, Kanada hamda Yevropa Ittifoqi, MDH va Markaziy Osiyo davlatlariga eksport qilinadi.

O‘tgan yil davomida biz faoliyatimizning barcha yo‘nalishlarida ulkan muvaffaqiyatlarga erishdik. AKFA Group ishlab chiqarish quvvatini va eksport hajmini oshirdi, yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirdi, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasida yuqori malakali ish o‘rinlarini yaratdi. Shuningdek, biz xayriya va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash sohalarida ham bir necha tashabbuslarni amalga oshirdik.


Yangiliklarga qaytish