Akfa Plast korxonasi Bosniya va Gersegovinaga eksportni yo‘lga qo‘ydi

photo
AKFA Group
10 iyun, 2024
Akfa Plast korxonasi Bosniya va Gersegovinaga eksportni yo‘lga qo‘ydi

Akfa xorijiy hamkor davlatlari geografiyasiga Bosniya va Gersegovina ham qo‘shildi. Ushbu davlatning Baufit kompaniyasi Akfa Plast'ning PVX mahsulotlari bilan tanishgach, yuqori sifatli profillar eksportga qiziqish bildirdi va tomonlar o‘rtasida PVX profillari yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi./p>

Bu korxonaning Yevropadagi ushbu hududga birinchi eksporti bo‘lib, Akfa Group mahsulotlarining yuqori sifati xalqaro miqyosda tan olinganligini tasdiqlaydi. Baufit kompaniyasi hamkorlik samarali va davomli bo‘lishi, shuningdek, yana boshqa xalqaro shartnomalarga yo‘l ochishiga umid qilamiz.


Yangiliklarga qaytish