AKFA Benefits – soha mutaxassislari uchun yangi hamkorlik dasturi

photo
AKFA Group
1 iyul, 2024
AKFA Benefits – soha mutaxassislari uchun yangi hamkorlik dasturi

28 iyun kuni IMPACT kovorking maydonida dizaynerlar va arxitektorlar uchun AKFA Benefits ixtisoslashtirilgan tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad 2024-yilda interyer dizayni yo‘nalishlarini muhokama qilish va professional hamjamiyatni AKFA Group kompaniyasining deraza, eshik, surma va fasad tizimlari sohasidagi so‘nggi ishlanmalari bilan tanishtirishdan iborat.

Marketing bo‘limi boshlig‘i Ilhom Abiyev AKFA mahsulotlarining yangi modellari taqdimotini o‘tkazdi.

Tadbir soha mutaxassislarida katta qiziqish uyg‘otdi. Ko‘p yillik tajribaga ega dizayner va arxitektorlar AKFA mahsulotlari energiya samaradorligi va sifatining yuqori standartlariga to‘liq javob berishini, shuningdek, dizayndagi yangi tendensiyalarni belgilab berishini ta’kidladilar.


Yangiliklarga qaytish