2024-yilning 27-iyunidan 29-iyuniga qadar CAEx Uzbekistan koʻrgazmalar majmuasida Art Week Uzbekistan 2024 sanʼat haftaligi boʻlib oʻtdi.
Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston fotosuratchilari va rassomlarining ko‘rgazmalari, mahalliy brendlar yarmarkasi, Tatyana Kochnova, Azukar Moreno, Dildora Qosimova, Zulfiya Sulton, Porso kabi dizaynerlarning moda namoyishlari tashkil etildi.
Poytaxtimizda ilk bor o‘tkazilgan mazkur tadbir san’atga befarq bo‘lgan barchani o‘ziga jalb etuvchi markazga aylandi.