AKFA BUILDING MATERIALS'ning Alyumin kompozit panellarini ishlab chiqarish korxonasiga Qirg‘izistonning Bishkek shahridan “LTB” MCHJ mas’ullari tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida mehmonlar Alyumin kompozit panellarini ishlab chiqarish korxonasidagi ish jarayoni va alyumin kompozit panellarining laboratoriya sharoitida sinovdan o‘tkazilishini ko‘zdan kechirishdi.
O‘zaro muloqot davomida Bishkek shahrida quriladigan “KEREMET RESIDENCE” yangi turar joy majmuasi uchun alyumin kompozit panellarining A1 ya’ni qiyin yonuvchan turini xarid qilish masalasi muhokama qilindi. Mehmonlar qurilish uchun 30 000 kv metr AKPga buyurtma qilish istagini bildirishdi.