AKFA Group ACCA akkreditatsiyasiga ega bo‘ldi

photo
Akfa Group
31 AVGUST, 2021
AKFA Groupga ACCA tomonidan akkreditlashtirilgan ish beruvchi maqomi taqdim etildi (ACCA Approved Employer).

AKFA Groupning moliya, hisob va audit yo‘nalishida mutaxassislarni professional rivojlantirishda xalqaro standartlarga muvofiqligini rasman tan olindi. Sertifikat moliyani boshqarishda jahonning eng yaxshi tajribalarini tatbiq etish imkonini beradi.

photo

Bugungi kunda O‘zbekistonda ACCA Approved Employer maqomiga ega 9 ta kompaniya mavjud, bu maqom tashkilotning o‘z xodimlarining rivojlanishi uchun qo‘shgan hissanini tasdiqlaydi va uning mas’uliyatli ish beruvchisi sifatida imidjini mustahkamlaydi.

“Kadrlar malakalari va vakolatlarining muntazam oshirilishi – strategik muhim vazifadir. Akkreditatsiyaga ega bo‘lish o‘z navbatida xodimlarning ko’nikmalari va vakolatlarini oshirishda yangi imkoniyatlarni ochadi” – deya izoh beradi AKFA Group Bosh direktori Kamron G‘ulomov.

Hozirgi kunda AKFA Group mutaxassislari ACCA da o‘qishni davom ettirmoqdalar. (Association of Chartered Certified Accountants – Dimlom va sertifikatga ega buxgalterlar assostsiatsiyasi). Ta’kidlab o‘tish joizki, akkreditatsiya kompaniya xodimlariga Malakani oshirish standarti (CPD Standard) talablariga muvofiq o‘z bilim va ko‘nikmalarini doimiy ravishda oshirib borish imkonini beradi. Axir bugungi kunda dinamik va talabchan biznes sohasida ishlash uchun bu narsa juda zarur.

photo

Afzalliklardan biri shuningdek, ishga eng yaxshi mutaxassislarni jalb etish imkoniyati moliyaviy barqaror biznes rivojlanishiga xizmat qiladi.

ACCA o‘quv dasturlari buxgalterlar, moliyachilar va auditorlarning yagona xalqaro kvalifikatsiyasi sifatida BMT tomonidan tasdiqlangan. Sertifikat professional hamjamiyatda eng nufuzlilaridan biri hisoblanadi.

photo
YANGILIKLARGA QAYTISH