22 dekabr kuni AKFA kompaniyasi Eksport bo‘limi Toshkent shahrida o‘z mijozlari va hamkorlarini qabul qildi.
Unda 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, 2025 yilga mo‘ljallangan rejalar muhokama etildi. Shuningdek, tadbir doirasida hamkorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
AKFA kompaniyasi hamkorlar va sodiq mijozlarni alohida qadrlaydi. Har bir mijoz o‘ziga xos yangi muvaffaqiyat tarixidir. Har bir loyiha - yangi cho‘qqilar sari qadam. Bugun biz jahon maydonida bizni yanada taniqliroq va kuchliroq bo‘lishimizga hissa qo‘shganlarga chuqur hurmatimizni bildiramiz. Mahsulotlarimiz butun dunyoda xaridorgirligi bilan faxrlanamiz va mijozlarimiz hamda hamkorlarimiz tufayli yangi marralarga erishamiz.